Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda Qurilishda standartlashtirish respublika markazi bosh direktori Abulqosim Abduholiqov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda yangi ilmiy-tadqiqot instituti hamda smeta qiymatini aniqlashning yangi tartibi haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. Mazkur institut qurilish va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar asosida texnik jihatidan tartibga solish, me’yorlash va standartlashtirish ishlarini olib boradi.

Milliy klassifikator va elektron katalogni yuritish, bino va inshootlarni axborot modellashtirish, ya’ni BIM-texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalar ham shular jumlasidan.

Shuningdek, qurilish sohasida narxlarni shakllantirish va uning mexanizmlarini aniqlash masalalari bo‘yicha mazkur institut vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

Qurilish materiallari va xizmatlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif etilayotgan narxlarning elektron katalogini joriy qilish ham ko‘zda tutilgan. Institut tomonidan yuritiladigan milliy klasifikator va elektron katalog Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tovar-xom ashyo birjasi va boshqa vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan holda amalga oshiriladi.

Milliy klassifikator va elektron katalogni yaratish, ishga tushirish, yuritish hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, BIM-server va axborotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini tashkillashtirish ham maqsad qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi