Andijon viloyatining Shahrixon tumanida bir yashar bola xususiy shifoxonada vafot etdi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasiga qorin og‘rig‘i bilan kelgan bemor — 2021-yilning avgustida tug‘ilgan I.Ya. vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 2022-yil 3-sentabr kuni Shahrixon tuman, Qumtepa ko‘chasida yashovchi bola xususiy shifoxonada tibbiy muolajalarni qabul qilish davrida sog‘ligi yomonlashib vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 27-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.
Izoh (0)