Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 7-turi “Osasuna”ga qarshi bahsdan so‘ng (1:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Biz uchun kun yaxshi o‘tmadi, biroq g‘alabaga haqli edik.

Penalti tepuvchi futbolchini o‘zgartirish haqida o‘ylagandim, ammo Karim Benzema o‘tgan mavsum ikkita muhim penaltini aniq amalga oshirgandi. U jamoadagi eng yaxshi penalti tepuvchi.

O‘zimizni oqlashga sabab yo‘q. Tarkib juda yaxshi. O‘yin biz o‘ylagandek davom etmadi.

Agarda penaltidan foydalana olganimizga g‘alaba qozongan bo‘lardik. Chempionat davomida bunday o‘yinlar bo‘lib turadi.

G‘alabali seriyamiz yakunlandi, endi boshqa narsa o‘ylab topish lozim.

“Real” g‘alaba qozonmagan vaqtda, hech kim mamnun bo‘lmaydi. Durang bizni xafa qildi, lekin tez orada bunga o‘z munosabatimizni bildiramiz.

Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

Madridliklar hujumchisi Karim Benzema uchrashuvning 76-daqiqasida penaltidan unumli foydalana olmadi. Ushbu gol “qaymoqranglilar”ga g‘alaba keltirishi mumkin edi. O‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov