Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo hokimligi delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatida bo‘lib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar muammosini o‘rgandi. Bu haqda “Daryo”ga delegatsiya tarkibida bo‘lgan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Ma‘lum bo‘lishicha, viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat Kasaba uyushmalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Boshqirdiston Respublikasida 19—25-sentabr kunlari o‘tkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

“Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad — xalqlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o‘zaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, sayyohlarga O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat obyektlari video roliklar orqali ochib berildi”, — deydi Ahror Sodiqov.

Tashrifning ikkinchi kunida Ufa shahrida kongress doirasida “Transport va qurilish” ko‘rgazmasi tashkil etilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

“Shundan so‘ng tanishuvlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari hamrohligida yirik korxonalar bilan muloqotlar olib borildi. Jumladan, dunyoga mashhur “Megi” kompaniyasi bilan tibbiyot anjomlarini vohamizga yetkazib berish, “Rostelekom” bilan ko‘plab sohalarga zamonaviy avtomatlashtirish va robot texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, bir nechta korxonalar bilan qurilish sohasida hamkorlik qilish va ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish orqali ikki tomonga ham foyda keltirish masalalari muhokama qilingan. Yirik kompaniyalarni viloyatimizga tashrifini amalga oshirish hamda vohamizdagi tegishli mas’ullar ishtirokida onlayn muloqotlarni ham tashkil etishga kelishib olindi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo delegatsiyasi Ufa shahridagi fuqarolarimiz uchun qator qulayliklar yaratib kelayotgan “Ko'p tarmoqli migratsiya markazi”da ham bo‘ldi. Markazga tashrif davomida ishlash uchun borgan fuqarolarimiz bilan muloqotlar tashkil etildi, ulardan markazdagi sharoitlar va xodimlarning munosabatlari o‘rganildi. Qashqadaryo delegatsiyasi vakillari Rossiya davlatida mehnat qilayotgan mingga yaqin vatandoshlarimiz uchun o‘zbekona osh damlab tarqatishdi. Ishlari tufayli kela olmagan vatandoshlarimiz uchun ham o‘zbek oshi ish joylariga yetkazildi”, — dedi Ahror Sodiqov.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Ma‘lum qilinishicha, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Baxtiyor Jo‘rayev va Boshqirdiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi raisi o‘rinbosari Nail Maxmutov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda Boshqirdiston hududida shartnoma asosida faoliyat olib borayotgan vatandoshlar oilaviy kelishgan bo‘lsa, ularni turmush o‘rtog‘i va farzandlariga ham Boshqirdistondagi sihatgoh va oromgohlarga bepul yo‘llammalarni berishni tizimi yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi