Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbirida barcha san’atkorlar jonli ijroda kuyladi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Kecha, 30-sentabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etilgan.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sektor rahbarlari, viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan 300 nafardan ziyod o‘qituvchi va murabbiylar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari qatnashgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadbirda oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim maktablari direktorlari, faxriy ustozlar, bugungi kunda ta’lim tizimining barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarning katta guruhi viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Bayram tadbirida yig‘ilganlarga jonli ijrodagi konsert dasturi taqdim etildi. Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo‘qonov, Mardon Mavlonov, Muhsin Mo‘minov kabi taniqli san’atkorlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli hamda “Zilola” ashula va raqs ansambli tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bagishladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Avvalroq Xayrullo Bozorovning Farg‘ona viloyati madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytishni taqiqlash, ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasida ko‘rsatma berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi