Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 30-sentabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Rossiya samolyoti Polsha chegarasiga yaqinlashgani tufayli Italiya qiruvchisi havoga ko‘tarildi

Polsha havo hududini tartibga solish bo‘yicha NATO missiyasida qatnashayotgan Italiya Harbiy-havo kuchlari Polsha chegarasiga yaqinlashgan Rossiya samolyoti tufayli havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Rossiya havo kemasiga Eurofighter qiruvchi samolyoti “peshvoz chiqdi”.

Bu Polshada Italiya aviatsiyasi zudlik bilan havoga ko‘tarilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas — 27-sentabr kuni Italiya Harbiy-havo kuchlari NATOning shimoli-sharqiy chegarasida Rossiyaning uchta samolyoti to‘xtatib qolinganini ma’lum qilgandi. Ayni vaziyatda Italiya Rossiyada qolishga zarurati bo‘lmagan fuqarolariga zudlik bilan u yerni tark etishni tavsiya qildi

Zaporojyeda gumanitar karvon o‘qqa tutildi. 20 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi

Zaporojye yaqinida tinch aholidan iborat gumanitar karvonning o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi, yana 28 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Meduza.

Ukrainaning Zaporojye viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Staruxning ma’lum qilishicha, 30-sentabr kuni ertalab Rossiya harbiylari avtomobillar karvoniga raketa hujumi uyushtirgan.

“Odamlar o‘z qarindoshlarini olib ketish yoki ularga yordam ko‘rsatish uchun vaqtincha bosib olingan hududga kirishda navbat kutib turgan edi”, — dedi u o‘zining Telegram kanalida.

O‘zbekiston qator nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi

O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.O‘zbekiston quyidagi reytinglarda yuqoriladi:

  • “Hukumat samaradorligi” ko‘rsatkichida 22 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • “Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizmning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida 19 pog‘onaga o‘sdi;
  • “Tartibga solish sifati” yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sdi;
  • “Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilandi;
  • “Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqoriladi.
Suriyaning 10 ta viloyatida vabo avj oldi va butun mamlakat bo‘ylab tarqalmoqda

Suriyaning 10 ta viloyatida vabo avj oldi va butun mamlakat bo‘ylab tarqalib bormoqda, vaziyat xavotir uyg‘otyapti, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Vabo va epidemik diareya kasalliklari bo‘yicha guruhi rahbari Filipp Barboza.

“28-sentabr holatiga Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘nta viloyatda vabo avj olganini ma’lum qildi, 426 kishida kasallik aniqlanib, shularning 33 nafari vafot etgan. Kasallik tarqalgan hududlarda vaziyat tashvishga soladigan darajada tez rivojlanmoqda va yangi-yangi hududlarga tarqalmoqda”, — dedi u Jenevada BMT brifingi chog‘ida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr