Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashington Kuk va Niue orollari suverenitetini tan olishni rejalashtirmoqda, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH—Tinch okeani orollari qo‘shma sammitida.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklardagi jahon tarixining borishini ko‘p jihatdan Osiyo—Tinch okeani mintaqasidagi voqealar belgilaydi. Shu munosabat bilan Qo‘shma Shtatlar orol davlatlari va u yerda joylashgan hududlar bilan hamkorlikni oshirishga intilmoqda.

“Tinch okeanidagi xavfsizlik biz uchun ham, umid qilamanki, siz uchun ham muhim bo‘lib qolmoqda. Amerikaning hamda butun dunyoning xavfsizligi sizning xavfsizligingizga va Tinch okeani orollari xavfsizligiga bog‘liq”, — dedi Bayden orollarini tan olish qarori haqida.

Kuk va Niue orollari — Yangi Zelandiya bilan erkin assosiatsiyalashgan avtonom davlatlar hisoblanadi. Garchi orollar o‘z ichki masalalariga o‘zi javobgar bo‘lsa ham, mudofaa va boshqa davlatlar bilan munosabatlar Yangi Zelandiya hukumati tomonidan amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Sport
Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi