Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaliklar Qozog‘istonning Buyuk Britaniya va Rossiya poytaxtida joylashgan elchixonalariga gullar va minnatdorchilik maktublarini olib kelmoqda. Bu haqda Tengrinews nashri xabar bermoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Qozog‘istonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida suratga olingan shu mazmundagi kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Tasvirlarda bir haftadan ortiq vaqtdan beri rossiyaliklarni qabul qilib kelayotgan Qozog‘istonga minnatdorchilik belgisi sifatida, elchixonaga gullar, maktublar va plakatlar qoldirilayotgani ko‘rsatilgan.

Tashlab ketilgan plakatlarda “Köp rahmet” , “Thank you” so‘zlari, shuningdek, hozirda qozog‘istonliklar ruslarni qutqarayotgani haqida ham qayd etilgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Yana bir Twitter foydalanuvchisi Aleksandra Astaxova Moskvada joylashgan bino oldida nimalar bo‘layotganini o‘z sahifasida e’lon qilgan. U gullar surati va shunday deb yozilgan plakatni joylashtirdi: “Qozog‘iston! Yaxshiligingiz uchun rahmat! Erkaklarimizga boshpana berganingiz uchun rahmat!”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)