Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik tahlil qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

2022-yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksining birja komponenti 1,0644 birlikni tashkil etdi.

Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,4 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (7,3 foiz) oshgani va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining (-0,4 foiz) kamaygani bilan izohlanadi.

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022-yil avgust oyida 7,3 trln so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

Joriy yilning 1-yanvaridan 31-avgustigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 42,6 foizga o‘sdi.

Birjada savdo faolligining sezilarli o‘sishi Jizzax (62,6 foiz), Navoiy (55,7 foiz), Xorazm (53,4 foiz), Toshkent (45,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (54,2 foiz) kuzatildi.

Avvalroq o‘tgan haftada birja savdolarida pasayish kuzatilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi