Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—avgust oylarida jami 3 308,6 ming nafar fuqaro turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 1 227,7 ming nafar) 2 080,8 ming nafarga yoki 2,7 martaga oshgan.

O‘zbekistonliklar bu vaqt davomida quyidagi davlatlarga borgan:

  • MDH davlatlari — 2 888,6 ming nafar;
  • Turkiya — 206,8 ming nafar;
  • BAA — 73,7 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni — 50,2 ming nafar;
  • Misr — 27,1 ming nafar;
  • Janubiy Koreya — 13,3 ming nafar;
  • AQSH — 10,2 ming nafar;
  • Hindiston — 6,7 ming nafar;
  • Gruziya — 6,4 ming nafar;
  • Kuvayt — 6,3 ming nafar;
  • Germaniya — 3,7 ming nafar;
  • Latviya — 3,0 ming nafar;
  • Buyuk Britaniya — 2,9 ming nafar.
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—avgust oylarida 3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgandi. 8 oyda oyda Qozog‘iston (922,7 ming nafar) Qirg‘iziston (821,9 ming nafar) va Tojikiston — (814,5 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda eng ko‘p tashrif buyurgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi