Toshkent viloyatidagi Suyurlitepa yodgorligidan ilk o‘rta asrlarga oid monumental inshootning o‘rni aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Tarix instituti xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida joylashgan Suyurlitepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari natijasida ilk o‘rta asrlarga oid monumental inshootning o‘rni aniqlandi.
Suyurlitepa yodgorligi Ohangaron daryosining chap sohilida, Qurama tog‘larining shimoliy etagida, bugungi Sanam qishlog‘idan 2 kilometr sharqda, Olmaliq shahrini Angren shahri bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)