Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bukingem saroyining Twitter’dagi sahifasida Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning qabrtoshi surati chop etildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Qabrtosh Vindzordagi qirol Georg VI memorial ibodatxonasiga o‘rnatilgan. Uning asosi Belgiya qora marmaridan iborat bo‘lib, jez yozuvlari bilan bezatilgan va ibodatxona poliga o‘rnatilgan. Atrofiga gulchambar va guldastalar terib qo‘yilgan.

Qabrtoshga qirolichaning ota-onasi va turmush o‘rtog‘ining ismlari hamda hayot yillari ham o‘yib yozilgan: “Georg VI 1895—1952”, “Yelizaveta 1900—2002”, “Yelizaveta II 1926—2022” va “Filipp 1921—2021”.

Qirolicha Yelizaveta II 8-sentabr kuni Shotlandiyadagi Balmoral qasrida 96 yoshida vafot etdi. 19-sentabr kuni uning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Britaniya qirolligi taxtini shahzoda Charlz egalladi va o‘ziga Charlz III nomini oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi