Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Zakovat” Markaziy Osiyo kubogi tarixida ilk bor o‘tkazilgan “Eruditlar kvinteti” saralash bahslari yakunlandi.

O‘yinlar natijalariga ko‘ra 8 nafar yarim finalchi aniqlandi:

  • 8-o‘rin – “Halqa yo‘li” jamoasi (O‘zbekiston);
  • 7-o‘rin – “ERUDIT” (Qozog‘iston);
  • 6-o‘rin – “Gnomlar-kanniballar” (Qozog‘iston);
  • 5–o‘rin – “Paxtakor” (O‘zbekiston);
  • 4-o‘rin – “Brain Ar” (Qozog‘iston);
  • 3-o‘rin – “Biz” (O‘zbekiston);
  • 2-o‘rin – “Sir” (O‘zbekiston).
Raqiblaridan ochkolar bo‘yicha yirik hisobda birinchi o‘rinni Qozog‘istonning “Sodda mehnatkashlar” jamoasi egalladi. Bellashuvlar ertaga — 25-sentabr kuni davom etadi.

Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha tarixda ilk bor Markaziy Osiyo kubogi bahslari boshlandi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 48 ta jamoa ishtirok etmoqda. Mukofot jamg‘armasi — 200 million so‘m. Birinchi o‘rin uchun 100 million, ikkinchi o‘rin uchun 60 million va uchinchi o‘rin uchun 40 million so‘m beriladi.

Bosh sovrin — qimmatbaho kubok birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar o‘rtasidagi alohida kurashda o‘ynaladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi