Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Germaniya Ukrainaga harbiy texnikani, shu jumladan, Qurolli kuchlar uchun zarur bo‘lgan tanklarni yetkazib berish haqidagi qarorlarni mustaqil qabul qilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Uning qayd etishicha, Berlin boshqa davlatlar yetkazib berishni boshlashini, masalan, Vashington Kiyevga Abrams tanklarini berishini kutmoqda. Zelenskiy Germaniyani ushbu masalada boshqa mamlakatlarga bog‘liq bo‘lmaslikka chaqirdi.

“Agar bizga (tank va zirhli texnikani) berishni istamasangiz, xafa bo‘lish yo‘q, siz mustaqil davlatsiz — bermasangiz, bermang, lekin avval Amerika bersin, keyin Germaniya, undan keyin Polsha beradi, demang. Kerakmas. Hamma o‘zi uchun javob bersin”, — dedi Ukraina prezidenti.

Kiyev Berlindan aynan tanklar yetkazib berishni birinchi marta so‘rayotgani yo‘q. Sentabr boshida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Ukrainaga eng yangi Leopard 2 tanklarini jo‘natishni so‘ragan, biroq Germaniya kansleri Olaf Shols bunga rozi bo‘lmagan edi.

Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext 18-sentabr kuni mamlakat Ukrainaga G‘arb nusxasidagi jangovar tanklarni yubormasligini, chunki g‘arblik sheriklarsiz, yakka o‘zi ish tutishni istamasligini aytgandi. Berlindan Kiyev boshqa qurollarni — raketa qurilmalarini, shu jumladan, Mars baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, ular uchun o‘q-dorilar, pulemyotlar, gaubitsalar va boshqalarni olmoqda.

Lambrextning bayonotidan avvalroq Zelenskiy Germaniyada uning natsistik o‘tmishi tufayli harbiy texnika yetkazib berish masalasida “muayyan psixologik to‘siqlar” borligini aytgandi.

Rossiya tomoni esa G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi unga Ukrainadagi maxsus operatsiya maqsadlariga erishishda xalal bermasligini qayd etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi