Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Kamerunni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Srechko Katanes qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Sloveniyalik mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasi bu natijaga erishgan uchinchi murabbiy bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Alisher Nikimbayev.

Undan avval Rustam Akramov (1994-yil) va Samvel Babayan (2015-2016) mazkur ko‘rsatkichni qayd eta olgan — ular qatorasiga 8 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.

Kamerun O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynagan 60-terma jamoaga aylandi. Shuningdek, O‘zbekiston yettinchi marta Afrika mintaqasi vakili bilan kuch sinashdi.

Bundan avval “oq bo‘rilar” Nigeriya, Burkina-Faso, Senegal, Marokash, Janubiy Sudan va Uganda bilan o‘yin o‘tkazgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi