Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov Rossiya tomonidan safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanovning tashabbusiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Rossiyada To‘ng‘izov (tarjima meniki) degan amaldor oxirgi o‘n yilda O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelib, Rossiyada pasport olgan fuqarolarni barchasini urushga safarbar qilish, magar ular qarshilik ko‘rsatadigan bo‘lishsa, nafaqat o‘zlari, balki oila a’zolari bilan birga hammasini yana Rossiya fuqaroligidan chiqarib yuborish haqida hujjat tayyorlanayotgani haqida xabar beribdi.

Yana nima emish, bu chora O‘rta Osiyo mamlakatlari, ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘z fuqarolarini urushda qatnashmaslik haqida ogohlantirgani hamda urushga yollanish bu mamlakatlar qonunlariga muvofiq jinoyat hisoblanishi haqida eslatganlariga javoban tatbiq qilinadigan chora bo‘lar ekan.

Bundan chiqib keladigan quyidagi xulosalar:

— Rossiyaning bu kabi amaldorlari bizning mustaqilligimiz, qonunlarimiz va mamlakatimizning o‘z fuqarolarini muhofaza qilish huquqini mensimasligini anglatadi;

— Ular urushga birinchilar qatorida ayni boshqa millat, ya’ni Rossiyaning ichida yashovchi o‘zga millat vakillarini safarbar qilishga urinishlari;

— Garchi o‘n yillab u yerda yashab, ishlashsa-da, u yerda uy joy qilib, oila bola chaqalari bilan fuqarolik olishga erishsalar-da, Rossiyada bu vatandoshlarimiz baribir ikkinchi tabaqalik fuqaro, ya’ni ayni huquqsiz fuqaro bo‘lib qolaverishligini, ulardan va oila a’zolaridan qiyin erishilgan bu fuqarolik osongina qayta olib qo‘yilishi mumkinligini anglatadi;

— Vatandoshlarimizning inson huquqlari, qolaversa, hatto hayoti ham bu kabi kimsalar uchun mutlaqo qadrsizligini anglatadi.

Lekin bu masalaning boshqa bir tarafi ham bor, u ham bo‘lsa, bugungi kunda o‘sha minnat qilinayotgan Rossiya pasportining deyarli qadri qolmayapti. Ruslarning o‘zi vatanidan qochish harakatida-ku.

Rossiya pasporti bilan juda ko‘p mamlakatlar o‘z hududiga mutlaqo kirgizmaydi, viza bermaydi, ishga olmaydi, bankda hisob va plastik karta ochmaydi.

Shu hammasi yetmaganday, tag‘in urushga olib ketib qolish xavfi doim bor.

Aminmanki, millionlab Rossiya fuqarolari hozirda jon deb, o‘z pasportlarini O‘zbekiston pasportiga almashtirgan bo‘lar edilar”, — deb yozdi Hoshimov Facebook’dagi sahifasida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi