Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “maxsus operatsiya” o‘tkazish bo‘yicha tezkor shtab bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza. Manbaning yozishicha, Qodirovning ushbu nutqi aks etgan kadr 22-sentabr kuni CHMTRK Grozniyning kechki yangiliklar dasturida namoyish etilgan.

Foto: “Grozny.tv”

Foto: “Grozny.tv”

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush davrida 20 ming chechen jangovar harakatlarda qatnashgan, shuning uchun Checheniston allaqachon “o‘z rejasini 254 foizga ortig‘i bilan bajargan”.

Chechenlar rahbari aynan qanday reja haqida gapirganligiga esa aniqlik kiritilmagan.

Respublika rahbari 21-sentabr kuni Grozniyda urushga qarshi ayollar o‘tkazmoqchi bo‘lgan miting haqida ham gapirdi. Qodirovning iddao qilishicha, norozilik bildirgan 40 ga yaqin ayolning yaqinlari allaqachon safarbar qilingan va Ukrainaga jo‘natilgan. Shuningdek, u mitingga chiqqan har qanday odam yoki ularning eri va barcha bolalari “oldingi safga” yuborilishi bilan tahdid qilgan.

Mavzuga doir: “Kechagi almashinuvdan qattiq noroziman” — Ramzan Qodirov Putinning qarorini umuman tushunmaganini bildirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat