Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoyning Ulefone telefon brendi yangi Power Armor 16 Pro smartfonini namoyish etdi, u 122 detsibellgacha bo‘lgan o‘ta yuqori ovoz balandligini quvvatlaydigan ulkan 36 mm dinamik bilan jihozlangan, deb yozadi “Korrespondent.net” nashri. Gadjet AliExpress’da 9-oktabrdan sotuvga chiqariladi. Smartfonning narxi oshkor etilmagan, biroq uning qiymati 200 dollardan oshmasligi kutilmoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Gadjetlar tarixidagi eng baland tovushga ega smartfon ikki xil: qora va to‘q sariq rangda taqdim etilgan. U 5,93 dyuymli HD+ displeyga, 16 million pikselli + 2 million pikselli qo‘sh kameraga ega. Power Armor 16 Pro 9600 mA/soat batareyaga ega. Gadjet yon tomonida metall ramka va orqa tomonida chiziqli naqsh bilan jihozlangan.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

“Ovoz balandligi ancha yuqori, shuning uchun u favqulodda holatlarda yoki falokat yuz bergan paytda signal berishda foydali bo‘ladi”, — deb ta’kidladi ishlab chiqaruvchi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

uSmart ulagichi asosiy blokning chap tomonida o‘rnatilgan. Bu terminal ish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni, masalan, alohida sotiladigan endoskop va mikroskoplarni ulash imkonini beruvchi qurilmalarni birlashtiradi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiri tayinlangan” — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi