Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat test markazi 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalarning jinsi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Bunda:

  • erkaklar — 542 858 nafar (47,34 foiz)ni;
  • ayollar — 603 886 nafar (52,66 foiz)ni tashkil etgan.
Test sinovi natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:
  • 102 441 nafari (53,8 foizi) — erkaklar;
  • 87 934 nafari (46,2 foizi) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

  • erkaklarda — 114,98 ballni;
  • ayollarda — 127,21 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida:
  • erkaklarda — 90,92 ballni;
  • ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.
Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:
  • “Tillar” (85,11 foiz) va “Ta’lim” (74,49 foiz) sohalariga ayollar;
  • “Transport xizmatlari” (94,53 foiz) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 foiz) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

Foto: Davlat test markazi

Foto: Davlat test markazi

Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...