Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro—2024 musobaqasida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Yana bir necha yil terma jamoaning bir bo‘lagi bo‘lishdan umidvorman. Hamon motivatsiyaga to‘laman, maqsadlarim yuqori. Terma jamoadagi yo‘lim hali yakunlangani yo‘q.

Bizda ko‘plab yosh o‘yinchilar bor. Jahon Chempionatiga boraman va Yevropa chempionatida qatnashishni ham maqsad qilganman”, — deydi Krishtianu Ronaldu.

“Manchester Yunayted” forvardi 2024-yilgi Yevropa chempionati o‘tayotgan vaqtda 39 yoshda bo‘ladi.

Qatar maydonlarida o‘tkaziladigan JCH—2022 musobaqasi 20-noyabrda boshlanib 18-dekabrda yakunlanadi. Germaniya mezbonlik qiladigan Yevro—2024 saralash bosqichiga 9-oktabr kuni qur’a tashlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi