Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (CERN) Katta adron kollayderini rejali to‘xtatishni o‘z muddatidan ikki hafta avval amalga oshirishga qaror qildi, deb yozadi Meduza markazning ichki hujjatiga tayanib.

Foto: CERN

Foto: CERN

“Shu yil qishda kutiladigan energiya inqiroziga javoban, CERN direksiyasi har yilgi an’anaviy texnik to‘xtash boshlanishini ikki hafta oldinga surishga qaror qildi”, — deyiladi hujjatda.

Hujjatga muvofiq, endi CERN tezlatuvchini 28-noyabr kuni ertalab to‘xtatadi. 2022-yil boshida taqdim etilgan Katta adron kollayderiga xizmat ko‘rsatish grafigi bo‘yicha dastlab CERN rejali to‘xtashni dekabrga belgilagan.

Kollayderni rejali o‘chirish kamida yiliga bir marta amalga oshiriladi, odatda u qish oylariga to‘g‘ri keladi, shimoliy yarim sharda energiya iste‘molining avj nuqtasi odatda shu paytda kuzatiladi.

Avvalroq CERN energiya tarmog‘iga yuklamalar avjiga chiqqan paytda zarralarni tezlatuvchilarning ba’zilarini o‘chirib qo‘yish bo‘yicha rejani ishlab chiqayotgani xabar berilgandi. CERN, shuningdek, zaruriyat yuzaga kelsa, Katta adron kollayderining ishini to‘xtatish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotgandi. 4,4 milliard dollarlik dunyodagi eng katta zarralarni tezlatuvchi — Katta adron kollayderi CERN’ning sakkizta tezlatuvchilaridan biridir.

Fransiya-Shveysariya chegarasida joylashgan CERN — Fransiyadagi eng yirik elektr energiyasi iste’molchilaridan biri. Avj nuqtada markaz qariyb 200 MVt iste’mol qiladi, bu eng yaqindagi shahar — Shveysariyaning Jenevasidagidan uch marta ko‘proq demakdir.

Katta adron kollayderi — dunyodagi eng kuchli zarra tezlatuvchi. Kollayder zarralarni yorug‘lik tezligiga yaqin ko‘rsatkichlargacha tezlatadi va ular bir-biri bilan to‘qnashadi. Uning yordamida olimlar 2012-yilda Xiggs bozonini aniqlagan. 2018-yil dekabrida kollayder ta’mirlash uchun to‘xtatib qo‘yilgandi. Shu yilning iyulida u qaytadan ishga tushirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyadagi mehnat muhojirlari harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
Dunyo
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradagi qishlog‘i o‘qqa tutildi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi (video)
Mahalliy
“Davlat OAV erkinligi, axborot izlash, olish va tarqatish huquqlarini kafolatlaydi” — Konstitutsiyaning 67-moddasiga yangi normalar kiritilmoqda