Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 0,5 foiz punkt — yillik 7,5 foizga pasaytirishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Hozirda iste’mol narxlarining o‘sishi pastligicha qolmoqda, bu esa yillik inflyatsiyaning yanada sekinlashishiga yordam beradi. Ishbilarmonlik faolligi dinamikasi Rossiya banki iyul oyida kutganidan yaxshiroq rivojlanmoqda, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Biroq regulyatorga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlar muammo bo‘lib, iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada cheklashda davom etmoqda.

Mamlakat Markaziy banki inflyatsiya dinamikasini va Rossiya iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish jarayonini hisobga olgan holda asosiy stavka bo‘yicha keyingi qarorlarni qabul qiladi.

Avvalroq Rossiyada o‘tgan yilning avgustidan beri ilk bor narxlar tushib, deflyatsiya yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Oxirgi marta deflyatsiya 2021-yilning 10—16-avgust kunlarida qayd etilgan. Keyin bu meva va sabzavotlar narxining pasayishi bilan bog‘liq ko‘pincha sodir bo‘ladigan hodisa edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...