Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Oshxona mukammal toza bo‘lsa, qanchalar yoqimli — idishlar yuvilgan, rakovina va stol usti toza, plita va pechda bir tomchi ham yog‘ yo‘q. Biroq oshxonada ko‘p yillar davomida muhokama qilinadigan yana bir narsa bor. AdMe nashri oshxona sochig‘ini qanchalik tez-tez o‘zgartirish kerakligi haqda bekajonlar uchun ajoyib tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Sochiqda turli xil narsalar artilsa, unda bakteriyalar ko‘payib boradi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Oshxona sochiqlarida yuzlab bakteriyalar yashaydi. Ulardan ba’zilari mutlaqo zararsiz bo‘lishi mumkin, ba’zilari esa hatto zaharlanishga olib keladi. Patogenlarning soni va ko‘payish tezligiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Sochiqni qanday ishlatish, albatta, muhim. Agar u bilan hamma narsani artilsa, bunday mato tezroq ifloslanadi.

Nam va issiq muhit bakteriyalar rivojlanishi uchun ajoyib joy.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Namlik bakteriyalarning ko‘payishini rag‘batlantiradigan yana bir omil. Oshxona nam va issiq bo‘lsa, tezroq kir to‘planadi. Ya’ni, sochiq bilan idishlarni artib, keyin issiq pechka yaqiniga osib qo‘yish noto‘g‘ri fikrdir. Agar sochiqda yoqimsiz hid paydo bo‘lsa, demak, bakteriyalar allaqachon yuzada ko‘paymoqda, uni yuvishga yuborish vaqti keldi.

Ko‘p go‘sht va baliq iste’mol qilinsa, sochiqni tez-tez almashtirish kerak.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Tadqiqotga ko‘ra, stafilokokklar ko‘p bolali oilalarda foydalanadigan sochiqlarda uchraydi. Va E. coli bakteriyasi esa ko‘p go‘sht pishiriladigan oshxonalarda yashaydi. Bu bakteriyalar zaharlanishga olib kelishi mumkin: qayt qilish, hazm jarayonining buzilishi, isitma, qorin og‘rig‘i. Oshxonada baliq yoki tovuq bo‘lsa, darhol matoni yuvishga yuborishga arziydi. Sotib olingan go‘sht yetarlicha sinovdan o‘tmaydi, ya’ni undagi bakteriyalar yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin.

Oddiy sochiqni qog‘oz sochiq bilan almashtiring

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mato sochiqlarini qog‘ozga almashtirish juda yaxshi tanlovdir. Oshxona salfetkalari tozalash, stol yoki taxtakachni tozalash uchun ishlatilishi mumkin. Qayta ishlatiladigan sochiqlardan faqat idish-tovoq va boshqa toza narsalar uchun foydalangan ma’qul. Qog‘oz salfetkalar deyarli qayta ishlanmaydi. Shuning uchun rulon salfetkadan tejamkorlik bilan foydalanish mumkin.

Qog‘oz sochiqlardan foydalanishni istamasangiz, oshxonada mato sochiqlar bo‘lsin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Go‘shtni maydalagandan keyin taxtakach xuddi shu mato bilan artilib, keyin qo‘l artiladi. Natijada eng xavfli bakteriyalar organizmga osongina kirib boradi. Shuning uchun qo‘l, go‘sht va idish-tovoqlar uchun alohida sochiq ishlatish tavsiya etiladi.

Sochiqni yuqori haroratda yuving

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hatto yuvilgan oshxona sochiqlarida ham tadqiqotchilar bakteriyalarni topdi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqotda 100 dona sochiqni oilalarga tarqatdi va bir oydan keyin olib ketdi. Bu oy davomida sochiqni xohlagancha ko‘p marta almashtirish va yuvish mumkin edi. 50 dan ortiq namunalarda, hatto yuvilganidan keyin ham patogenlar topilgan. Xavfsiz bo‘lish uchun sochiqni eng yuqori haroratda, kamida 60 darajada yuving.

Eskirgan matolarga achinmang.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Agar sochiq tashqi yorqinligini yo‘qotgan bo‘lsa va umuman yuvilmagandek ko‘rinsa, uni almashtirish vaqti kelgan. Buni yiliga bir marta qilgan yaxshiroq. Estetik komponentga qo‘shimcha ravishda, vaqt o‘tishi bilan mato namlikni yutuvchi xususiyatlarini yo‘qotadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri