Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti kun tartibida iqlim o‘zgarishi masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishida “Iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rish to‘g‘risida”gi bayonot loyihasi muhokama qilinib, kelishib olindi.

“SHHT doirasida bu boradagi bayonot birinchi marta qabul qilinmoqda. Bu tashkilotning mintaqaviy va global iqlim muammolarini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirokchi bo‘lish istagi va tayyorligini ko‘rsatadi. Xususan, hujjatda SHHTga a’zo davlatlarning ushbu sohadagi asosiy xalqaro-huquqiy mexanizmlari — BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi va Parij kelishuvi qoidalarini samarali amalga oshirish masalalariga umumiy yondashuvlari aks ettirilgan”, — dedi Yusuf Qobuljonov.

#SCO2022Samarkand

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi