Ispaniyalik mutaxassis Migel Alvares “Surxon” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Alvares bunga qadar ham murabbiylar shtabida faoliyat olib borib kelayotgan edi.
Migel Alvares UEFAning PRO litsenziyasiga ega murabbiy hisoblanadi. Bunga qadar mutaxassis “Nyu-York Siti” jamaosida yoshlar akademiyasi bo‘yicha koordinator, “An-Nasr”, “Al-Fotih”, “Al-Holij”, “Al-Fujayra”, “Al-Adala” kabi klublarda yordamchi murabbiy, “Al-Ittifoq”, “Shabob al-Ahli”, “Vadi Degla” kabi jamoalara bosh tahlilchi, “Tinadu” jamoasida esa bosh murabbiy vazifasida ishlagan.
Bunga qadar jamoani Anxel Lopes boshqarib kelayotgandi. “Surxon” matbuot xizmati Lopesning iste’fosi haqida rasmiy xabar bermagan.