Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bollywoodtime nashri 22 yoshida dunyodan ko‘z yumgan Nirja Bxanotning hayoti, baxtsiz turmushi va jasorati haqidagi hikoya bilan bo‘lishdi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Rajesh Xannaning ashaddiy muxlisi styuardessa Nirja Bxanot tez-tez o‘zi bosh rolni o‘ynashi mumkin bo‘lgan ssenariylarni o‘ylab topardi. Onasining eslashicha, bir kuni qizi yangi voqea haqda o‘ylay turib, undan so‘radi: “Ona, agar bizning samolyotimiz qo‘lga olingan bo‘lsa-chi?"

Men javob berdim: “Agar shunga o‘xshash narsa yuz bersa, unda bitta chiqish yo‘li bor — qochish!”

Nija menga qaradi va dedi: “Agar barcha onalar siz kabi fikr yuritsa, mamlakatning ahvoli nima bo‘ladi? Men qochishdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘raman”.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Uning so‘zlari 1986-yil 5-sentyabrda, Nirja Karachida to‘xtash vaqtida o‘g‘irlab ketilgan Pan Am 73 reysi yo‘lovchilarini qutqarish paytida vafot etganida haqiqatga aylandi. Uning 23 yoshga to‘lishiga bor-yo‘g‘i ikki kun qolgandi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Nirja Bxanot 1963-yil 7-sentyabrda Chandigarxda tug‘ilgan. U oilaning erkatoyi bo‘lib, uning yana ikki akasi bor edi. Nirja maktabda o‘qiyotgan davrdayoq model bo‘lishni taklif qilishdi, shundan so‘ng u 18 yoshida Mumbayga ko‘chib o‘tdi va mashhur brendlarni reklama qila boshladi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Bir kuni uning otasi gazeta varaqlar ekan, dengiz muhandisining oilasi tomonidan joylashtirilgan nikoh haqidagi e’longa qiziqib qoldi. Uchrashuv bir necha kundan keyin bo‘lib o‘tdi. Bo‘lajak kuyov va uning singlisi otada ajoyib taassurot qoldirdi. Ular oliy ma’lumotli insonlar edi. Nirjaning oilasi boy emasdi va qalin puliga qarshi ekanliklarini aytdi. Yigitning qarindoshlari rozi bo‘ldi, lekin bir shart qo‘ydi — to‘y besh yulduzli mehmonxonada va keng miqyosda o‘tishi kerak edi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Nirjaning dugonalari uning turmush qurishga roziligidan hayratga tushdi. Dugonasi aytganidek: “U maktabni tugatishga zo‘rg‘a vaqt topdi. Oldindan istiqbolli kasb egasi bo‘lgan bunday aqlli qiz qanday qilib erta turmush qurishga rozi bo‘lganini tushunolmadim. Bu men bilgan Nirjaga umuman o‘xshamasdi. Ammo u juda itoatkor edi va otasi uchun rozi bo‘ldi”.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Nirja 1985-yil mart oyida turmushga chiqdi va Sharjaga (Birlashgan Arab Amirliklari) ko‘chib o‘tdi. U yerda kuyov darhol yosh rafiqasini masxara qila boshladi. Xo‘rlagan, tahdid qilgan, och qoldirgan va hatto unga qo‘l ko‘targan. Ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilish uchun ham eridan qarz olishga majbur bo‘lgan. Ikki oy ham yashay olmagan Nirja Hindistonga qaytib keldi va styuardessa bo‘lishga qaror qildi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Ota-onasi uning ajrashishini va aviakompaniyada o‘qishini qo‘llab-quvvatladi. O‘sha dahshatli sentyabr kuni Bxanot Mumbaydan Amerika Qo‘shma Shtatlariga Pan Am 73 reysiga bosh styuardessa etib tayinlandi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Karachida to‘xtash chog‘ida qurollangan to‘rt nafar falastinlik 380 ga yaqin yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyotni qo‘lga oldi. Nirja tezda ekipajni ogohlantirdi va amerikalik uchuvchilar samolyotni havoga ko‘tarmasdan qochib ketdi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

G‘azablangan terrorchilar unga yo‘lovchilarning pasportlarini olishni buyurdi. Qiz bosqinchilarning asosiy maqsadi amerikaliklar ekanini tushundi. Nirja va uning jamoasi pasportlarini o‘rindiqlar ostiga va chiqindi qutisiga yashirdi. Tirik qolgan yo‘lovchilarning aytishicha, uning tinchlantiruvchi so‘zlari garovga olinganlarni aqldan ozishdan saqlagan. U sendvich va ichimliklar berib odamlarga umid baxsh etgan va hatto terrorchilar yo‘lovchilarni o‘ldirib, samolyotdan uloqtirganda ham ularning ruhiyatini tushirmaslikka harakat qilgan.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Terrorchilar yo‘lovchilarni 17 soat davomida garovda ushlab turgan, shundan so‘ng ularga qarata o‘t ochgan. Nirja o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, odamlarni favqulodda chiqish yo‘li orqali evakuatsiya qildi, biroq uch bolani qutqarish vaqtida otib o‘ldirildi. Bortdagi 44 nafar amerikalikdan 42 nafari 22 yoshli styuardessaning topqirligi va jasorati tufayli tirik qoldi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

U vafotidan keyin ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi, jumladan, Hindistonning — Ashoka Chakra eng yuqori mukofotiga ham. U ushbu mukofotning birinchi ayol va eng yosh laureati edi. Pokiston hukumati unga “Eng yaxshi muvaffaqiyat” mukofotini topshirdi va 2004-yilda Hindiston pochta xizmati uning xotirasiga muhr chiqardi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

2016-yilda rejissor Ram Madxvani Sonam Kapur ijro etgan “Nirja” biografik filmini suratga oldi. Bu Nirjaning shaxsiy hayoti, ayniqsa onasi bilan bo‘lgan munosabatlari (Shabana Azmi tomonidan ijro etilgan) aks etgan trillerdir.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Film, shuningdek, hind tilidagi eng yaxshi badiiy film uchun Milliy mukofot kabi qator sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Uning otasi Xarish Bxanot The Hindustan Times gazetasida 30 yildan ortiq jurnalist bo‘lib ishlagan va 2008-yil Yangi yil kuni Chandigarxda 86 yoshida vafot etgan. Onasi 2015-yil 5-dekabrda vafot etdi. Akalari Axil va Anish singlisining xotirasini hurmat qilishda davom etib, uning sharafiga tashkil etilgan, ijtimoiy adolatsizlik va zo‘ravonlikni boshidan kechirgan ayollarga yordam berish jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi