Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Albaniya iyul oyida yuz bergan va Tehronni aybdor deb hisoblagan kiberhujumlardan so‘ng Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: Anadolu Agency

Foto: Anadolu Agency

AQSH NATO bo‘yicha ittifoqdosh sifatida Albaniyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Eron esa Albaniyaning kiberhujum bo‘yicha ayblovlarini “asossiz da’volar” deb atadi.

Albaniya Eron diplomatlari va elchixona xodimlariga 24 soat ichida mamlakatni tark etishni buyurdi. “Hukumat Eron Islom Respublikasi bilan diplomatik aloqalarni zudlik bilan tugatishga qaror qildi”, — dedi Albaniya bosh vaziri Edi Rama o‘z videomurojaatida. Eron Tashqi ishlar vazirligi Albaniyaning qarorini qoraladi.

AQSH bir necha hafta davom etgan surishtiruvlardan keyin 15-iyul kuni Albaniyaga uyushtirilgan “bemulohaza va mas’uliyatsiz” kiberhujum ortida Eron turibdi, degan xulosaga keldi. Albaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, kiberhujum “davlat xizmatlarini falajlab, mamlakatda xaosni yuzaga keltirish” xavfini yaratgan.

“AQSH o‘z ittifoqdoshining xavfsizligiga xatar soluvchi va kibermakonda xavotirli pretsedent yaratuvchi harakatlari tufayli Eronni javobgarlikka tortish uchun bundan keyingi choralarni ko‘radi”, — deyiladi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova