Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda sarmoyalarni qaysi sohalarga yo‘naltirish zarurligi masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda — bir tomondan ko‘proq foyda olish uchun, ikkinchi tomondan — O‘zbekistonni rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish uchun. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Investorlar potensial jozibador bo‘lish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitiga ega bo‘lishdan tashqari, sanoat sohalari ma’lum qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lishi kerak.

Sanoatning eng jozibador tarmoqlarini aniqlash va investitsiyalar kiritishga ko‘rsatmalar berish uchun, ishlab chiqarish tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari, shuningdek, ushbu afzalliklarni oldindan belgilab beruvchi omillar aniqlandi.

Sanoat sohasining ikki guruhi

Tadqiqot natijasida ikkita sanoat guruhi aniqlandi.

Baholashlar o‘tkazilgan sanoat guruhlari va asosiy vakil-mahsulotlari:

Foto: PMTI

Foto: PMTI

Birinchi guruh — xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan va investitsiyalardan darhol daromad olishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar majmui.

Ikkinchi guruh rivojlanish potensialiga ega bo‘lgan, lekin investitsiyalardan ma’lum sharoitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi.

Bu ichki va jahon narxlarida hisoblangan yalpi mahsulot (YIM)dagi qo‘shilgan qiymat (QQ) ulushining olingan nisbatlaridan kelib chiqadi. Hisob-kitoblar uchun har bir ko‘rib chiqilayotgan soha uchun asosiy mahsulotlar tanlangan.

Tarmoqlarning qiyosiy ustunliklarini belgilovchi omillar

Birinchi guruh tarmoqlari uchun yuqorida ko‘rsatilganidek, ichki narxlarda hisoblangan QQning YIMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan past.

YIMdagi QQ ulushi qiymatlarining nisbatiga misol:

Foto: PMTI

Foto: PMTI

Birinchi guruh tarmoqlarining qiyosiy afzalliklari qanday omillar bilan belgilanadi?

Ish haqi. Mehnat xarajatlari qo‘shilgan qiymat elementlaridan biridir. Shunga ko‘ra, yuqoridagi koeffitsiyent qisman O‘zbekistonda ishchi kuchi boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada arzonligi bilan ham bog‘liq.

Bundan kelib chiqadiki, ushbu tarmoqlarda mehnat xarajatlari ham raqobatdosh mamlakatlarga nisbatan past. Ushbu guruhdagi ko‘plab sohalar ko‘p mehnat talab qiladigan ekanligini hisobga olsak, ushbu xarajat moddasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Masalan, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida ish haqi shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan boshqa mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada past.

To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘rtacha oylik nominal ish haqi (AQSH dollari, 2020-yil uchun):

Foto: PMTI

Foto: PMTI

Potensial bozorlar. Ichki bozorning potensial jozibadorligi aholi sonining yillik o‘sishi va iste’mol tovarlari — oziq-ovqat, to‘qimachilik va kiyim-kechaklarga bo‘lgan talabning tobora ortib borishi bilan bog‘liq. Mamlakat hududlarida energetika tizimini izchil rivojlantirish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish istiqbollari hisobiga elektr jihozlariga bo‘lgan ichki talab ham ortadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi bozorlarni zabt etish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. O‘zbekistonning sanoat tovarlariga tashqi talabning yil sayin ortib borayotgani buning dalilidir.

Shunday qilib, so‘nggi besh yilda to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak eksporti qariyb ikki baravar oshdi. Shu bilan birga, tayyor kiyim-kechak eksporti 3 baravar oshdi.

Xuddi shu kabi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr jihozlar va ehtiyot qismlarga bo‘lgan tashqi talab 2,1 baravar ortib bormoqda.

Mavjud xomashyo. O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun paxta yetishtirish bo‘yicha yetarli salohiyatga ega.

Oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarishda ham O‘zbekistonda xomashyo salohiyati mavjud. Meva-sabzavot ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirishga qaratilgan siyosat bu xom-ashyoni yanada foydalanishga qulayroq qilmoqda.

Meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun qulay agroiqlim sharoitlari muhim omil hisoblanadi. Mamlakatda yil davomida turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. O‘zbekiston iqlimi ko‘p viloyatlarda yiliga ikki, ayrim janubiy viloyatlarda esa uch marta sabzavot hosilini olish imkonini beradi.

O‘zbekistonda elektr jihozlari butlovchi qismlarini ishlab chiqarish uchun mis xomashyosining keng, arzon bazasi mavjud. So‘nggi 5 yil ichida mamlakatda mis ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 baravar oshdi. Ushbu resursning aksariyati xomashyo sifatida eksport qilinadi, bu esa foydalanilmagan katta potensial mavjudligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, jahon bozorida misning narxi doimiy ravishda o‘sib bormoqda (so‘nggi uch yil ichida jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 40 foizdan ortiq). Bu esa o‘z zaxirasiga ega bo‘lgan O‘zbekistonning mavqeyini yanada manfaatli qiladi.

Ikkinchi guruh tarmoqlari uchun ichki narxlarda hisoblangan QQning YAMdagi ulushi jahon narxlarida xuddi shu ko‘rsatkichdan yuqori.

Kimyo sanoatida YIMdagi QQ ulushi qiymatlarining nisbatiga misol:

Foto: PMTI

Foto: PMTI

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, shunga o‘xshash nisbatlar asosan energiyani ko‘p talab qiladigan tarmoqlar uchun xarakterlidir: kimyo, qora metallurgiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish.

Shunga ko‘ra ichki narxlarda qo‘shilgan qiymatning tashqi narxlardagi qo‘shilgan qiymat ulushiga nisbatan yuqori ulushi energiya xarajatlarining nisbatan pastligiga bog‘liq.

Boshqacha qilib aytganda, ushbu tarmoqlarning hozirgi ustunligi energiya narxining nisbatan pastligi bilan bog‘liq. Biroq bu afzallik bozordan tashqari omillarga, ushbu holatda, sun’iy cheklash va energiya narxini subsidiyalash orqali asoslanadi.

Kelajakda siyosatchilar qanday choralarini qo‘llash rejalashtirilganligini bilib, ma’lum bir mahsulot guruhining raqobatbardoshligi qanday o‘zgarishini taxmin qilish mumkin.

 

Xususan, liberallashtirish va O‘zbekistonning bozor relslariga bosqichma-bosqich o‘tishi sharoitida ushbu tarmoqlar katta ehtimol bilan raqobatbardosh bo‘lmaydi.

Yaqin istiqbolda texnologiklikning hozirgi darajasini saqlab qolgan holda, ular raqobatbardosh ustunliklarini yo‘qotishi mumkin.

Shunday qilib, O‘zbekiston resurslar narxini belgilashning yangi tizimiga o‘tganda texnologik siyosatni takomillashtirish va mahsulot birligiga resurslar sarfini sezilarli darajada kamaytirish sharti bilan ushbu tarmoqlarga qo‘yilgan sarmoyalar daromad keltiradi.

Ushbu tarmoqlarga investitsiyalar, kelajakda resurslarning o‘sishini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish birligining yuqori xarajatlarini kamaytirish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va uskunalarni yangilashga yo‘naltirilishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda