Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari asosiy iste’mol tovarlari narxining oxirgi 5 yilda o‘zgarishini aholi farovonligiga ta’sirini tahlil qildi.
Kuni kecha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalarida shartnoma puli joriy o‘quv yilida ham oshmasligini e’lon qildi. Oxirgi yillarda narxlar stabilligi shu jumladan jamoat transporti, gaz, elektr energiyasi kabi boshqa sohalarda ham kuzatilmoqda, — deyiladi tahlilda.
PMTI tomonidan asosiy iste’mol tovarlari narxi o‘sish dinamikasi va O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi o‘zgarishiga nisbatan solishtirilgan.
Natijalar aholining asosiy qismi uchun benzin, propan, go‘sht narxi oshgani sezilganini ko‘rsatdi. Aholi daromadlari bu tovar turlariga qaraganda sekinroq o‘sgan.
Boshqa tomondan esa, elektr energiyasi, gaz, paxta yog‘i, 1-nav bug‘doy uni, havo transporti va temiryo‘l transporti, oliy ta’lim (universitet) shartnoma puli, maktabgacha ta’lim muassasalari (bog‘cha) to‘lov narxlari stabilligining saqlanganligi aholi xarid qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilgan.
Qayd etilishicha, energiya, transport va kommunikatsiya xizmatlari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadi.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 1-sentabr holatiga ko‘ra, yil boshidan buyon inflyatsiya darajasi 6,98 foizni tashkil etgan. Markaziy bank 2022-yilda inflyatsiya 12 foizdan biroz yuqori bo‘lishini kutmoqda.
Izoh (0)