Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida 702 ming nafar bola umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

Foto: XTV matbuot xizmati

Foto: XTV matbuot xizmati

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5-sentabr kuni 10 085 ta maktabda yangi o‘quv yili darslari boshlandi, 702 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilindi.

Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovg‘alari topshirildi.

Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilgan “birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari ham qatnashdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun narx 108 foizga oshdi. XTV holatga tushuntirish berdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?