Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Video janjal yuz bergan joy yaqinida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga yozib olingan bo‘lib, unda voqea 30-avgust kuni soat 21:45 larda yuz berganini ko‘rish mumkin.
Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)