Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Melburnda rassom rus va ukrain askarlari quchoqlashib turgan graffitisini ijtimoiy tarmoqlardagi keskin tanqidlardan so‘ng bo‘yab tashlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda “News.com.au‘ xabar bermoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Rassom Piter Siton graffitini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni tinch yo‘l bilan tartibga solish va urushni tugatishga chaqiriq sifatida chizgandi. Biroq ko‘pchilik buni mojarodagi ikki tomonni tenglashtirishga urinish sifatida baholadi.

Ukrainaning Avstraliyadagi elchisi Vasiliy Miroshnichenko graffitini “ukrainaliklarning barchasi uchun o‘ta haqorat” deb atadi hamda Sitonda “Rossiya bosqini haqida hech qanday tasavvur yo‘q”ligini ta’kidladi.

“Surat qurbon va tajovuzkor o‘rtasida yolg‘on tenglik hissini yaratadi”, — dedi Miroshnichenko.

Art for Ukraina jamoat tashkilotining ta’kidlashicha, grafitti ommaga namoyish etilishidan oldin ular Sitonga surat salbiy qabul qilinishi mumkinligini bildirgan, ammo rassom baribir graffitini chizishga qaror qilgan.

Siton ustidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining tanqidlari ham yog‘ildi. Natijada graffiti chizilganidan ikki kun o‘tib, rassom uni bo‘yab tashladi. “Odamlar bu asarni haqoratli deb bilmoqda — balki rostan shundaydir”, — deya o‘z harakatlarini izohladi Siton.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Mavzuga doir: Jamoatchilikning keskin chiqishlari fonida Inkuzart’ning Zelenskiy va Putin aks etgan surati o‘chirildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...