Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda avgust oyida 0,5 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yil boshidan beri inflyatsiya 7 foizga yetgan bo‘lsa, yillik hisobda 12,3 foizligicha qolmoqda. 

Iyul oyida 2022-yil hisobi bo‘yicha ilk bor 0,1 foizlik deflyatsiya (narxlar tushishi) qayd etilgan edi. Avgust oyida esa yana narxlar o‘sishni boshladi. 

O‘zbekistonda iyun-iyul oylarida deflyatsiya odatda doimiy sodir bo‘ladi. Sabab — oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi.

Avgust oyida eng ko‘p narxlar o‘sish oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi — 0,7 foiz. Nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari oy davomida 0,4 foizdan oshdi. 

2021-yilning avgustida ham oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 0,7 foizga qimmatlashib, uchta asosiy guruhlar orasida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan.

Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi 8,5 foizga yetib, so‘nggi uch yillikning ushbu davrida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 2022-yilning yanvar—avgusti davomida 7,2 foizga oshdi. Xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada pastroq bo‘lib, 4,0 foizni tashkil etdi.

Avvalroq O‘zbekistonda ko‘p va kam daromadli odamlar narxlar oshishini qanday sezayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda