Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chexiyada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari barcha rossiyaliklarga viza berishni taqiqlash g‘oyasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashi dargumon, dedi YI tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Rossiyaning tinch aholisi bilan munosabatlarni to‘xtatish yordam beradi deb o‘ylamayman, bu g‘oya (rossiyaliklarga viza berishni taqiqlash) esa Chexiyadagi vazirlar yig‘ilishida kerakli yakdillikka ega bo‘lmaydi, degan fikrdaman”, — ta’kidladi u.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning ayrim fuqarolari, xususan, rossiyalik oligarxlarga viza berish tartibini qayta ko‘rib chiqishi kerak.

30—31-avgust kunlari Pragada Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining “Gimnix” norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda rossiyaliklarga turistik vizalar berilishini cheklash masalasi va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

“TASS”ning Bryusseldagi diplomatik manbasi ta’kidlashicha, muhokamada Rossiya fuqarolarining ayrim toifalariga vizalar berilishini cheklash maqsadida Shengen qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, Financial Times vazirlar Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib turish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqchiligini xabar qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi