Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agar sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘lsangiz va xolesterinni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, qaysi oziq-ovqat va qo‘shimchalarni iste’mol qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sog‘lom yog‘larni tanlang

Yog‘li sut mahsulotlari, yog‘li go‘sht, pishirilgan mahsulotlar va shirinliklar xolesterin darajasini oshiradi. Bu yog‘ va sariyog‘, qaymoq va pishloq; kolbasa, salyami va boshqa yog‘li go‘sht mahsulotlari; pirojniy, pechenye, keks va xamir ovqatlar, shokolad va muzqaymoq kabi oziq-ovqatlarni qisqartirishni anglatadi. Bundan tashqari, Hindiston yong‘og‘i va palma yog‘idan foydalanmagan ma’qul. Agar hayotingizni bu ovqatlarsiz tasavvur qila olmasangiz, ularni vaqti-vaqti bilan va faqat kichik porsiyada tanovul qiling.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Buning o‘rniga sog‘lom yog‘ — monoto‘yinmagan va ko‘p to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilish lozim. Losos, skrumbiya yoki forel kabi yog‘li baliqlarga e’tibor bering. Tovuq yoki kurka kabi yog‘siz go‘shtni iste'mol qiling. Kundalik ratsioningizda sabzavotlarning miqdorini oshiring va yangi mevalarni iste’mol qiling. Garnir sifatida yasmiq, loviya va no‘xatni tanlang. Gazak sifatida bodom, kaju, fundiq va yong‘oq doimo yoningizda bo‘lsin.

Ko‘proq kletchatka iste’mol qiling

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kletchatka — murakkab uglevod bo‘lib, ko‘plab meva va sabzavotlar, to‘liq donalar va dukkaklilar, yong‘oqlar va urug‘larda mavjud. U ichaklarni kengaytiradi va u orqali oziq-ovqat o‘tishini rag‘batlantiradi. Oziq-ovqatning yuqori kletchatkali tarkibi xolesterinning qonga singishini kamaytirishga va glyukoza almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. Kundalik ratsionda yetarli konsentratsiyaga erishish uchun ratsionga kuniga beshta meva va sabzavotlarni kiritish tavsiya etiladi.

Parhezshunoslar maslahat berishadi: oq rangli ovqatlardan yemagan yaxshi. Bu nafaqat oq nonga, balki oq guruch, makaron va yormalarining ayrim turlariga ham tegishli. Ularni butun donli non va spagetti, qora va qizil guruch bilan almashtiring.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

O‘simlik sterollari va sterindan foydalaning

Nomidan ko‘rinib turibdiki, fitosterollar o‘simliklarda mavjud. Sterol va sterinlar tabiiy ravishda xolesterinni kamaytiradi, shuning uchun ular bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni diyetangizga kiritish muhimdir. Bu boyitilgan sut  va yogurtlar bo‘lishi mumkin. Bu ovqatlardan kuniga ikki-uch porsiyani iste’mol qilish foydali. Ular xolesterinni kamaytiradigan dorilar bilan osongina birlashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi