Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari o‘rinbosarlari O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi texnikasi, shuningdek, diodlar, mikroelektronika, mikrochiplar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni Minsk shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Pyotr Parxomchik bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Belarus hamkorligining hozirgi holati yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.

Xususan, O‘zbekistonda maxsus tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Muzokaralar jarayonini tezlashtirish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya hamkorligi masalasiga istiqbolli yo‘nalishlar sifatida urg‘u berilgan. Shu nuqtayi nazardan yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyati muhokama qilingan. Jumladan, “Energokomplekt” kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida o‘tkazgichli kabel mahsulotlar ishlab chiqarish, “Plonar” kompaniyasi bilan diodlar ishlab chiqarish va ushbu sohada tajriba almashish, shuningdek, “Integral” kompaniyasi bilan mikroelektronika va mikrochiplar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralar jarayonida mebel sanoati sohasidagi hamkorlikning istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Tomonlar kooperatsiya imkoniyatlarini o‘rganishga hamda chuqur tahlil asosida qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldgan. Muzokaralar yakunida yig‘ilishda erishilgan kelishuvlar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga qaror qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov