Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Isuzu avtobusi gaz balloni portlashidan 6 kishi halok bo‘lib, 15 kishi tan jarohati olgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Jinoyat kodeksining 262-moddasi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz , voqea 18-avgust kuni taxminan soat 14:30 larda tuman hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan Isuzu avtobus metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarining biri portlagan.
Izoh (0)