Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Italiya va Fransiyadagi kuchli shamol yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yandex

Yandex

Fransiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Korsika orolida shamol tezligi soatiga 220 kilometrga yetgan, 45 mingga yaqin xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.

Korsikada besh kishi halok bo‘lgan. Yana o‘nlab kishi jarohatlangan. 12 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri esa og‘ir ahvolda.

Italiyaning Toskana shahrida bo‘ron tufayli qulagan daraxt ikki kishini halok qildi, to‘rt kishi jarohatlandi.

Bundan tashqari, Venetsiyada kuchli shamol Avliyo Mark qo‘ng‘iroq minorasidan g‘isht bo‘laklarini ko‘chirib yubordi. Oqibatda sayyohlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan, sayyohlik hududining o‘zi esa o‘rab olingan.

Italiya shimolida kuchli shamol elektr tarmog‘iga shikast yetkazgani uchun temiryo‘l liniyasi ham yopildi.

So‘nggi kunlarda G‘arbiy Yevropada tinimsiz bo‘ronlar kuzatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi