Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

19-avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda Toshkentning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi:

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Foto: Toshkent shahri hokimligi
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.
“Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?