Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabzdagi 6-sonli maktab binosi tomi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Unda ushbu bino hali ham foydalanishda ekani aytilgan. Holatga Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Rasmiy xabarda ma’lum qilinishicha, holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari va tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

Qayd etilishicha, Shahrisabzdagi 6-sonli maktab binosi 2017-yilda qurilgan. Quvvati 630 o‘rinli bo‘lib, hozirda 1064 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Maktabning 1926-yilda loy paxsadan qurilgan binosi o‘rniga 2017-yil Investitsiya dasturi asosida 630 o‘rinli zamonaviy yangi o‘quv binosi qurilgan.

Tasvirda yoritilgan maktab eski binosi esa 1926-yilda qurilgan bino bo‘lib, ushbu binodan 2017-yildan buyon foydalanilmaydi. Maktab binosini eskirgan tom qismini qulab tushishi natijasida biror-bir maktab mas’ullari yoki pedagog jamoaga shikast yetmagan.

Tasvirda ko‘rsatilgan parta, stul hamda mebel jihozlardan maktab ma’muriyatida foydalanilmaydi.Demografik o‘sishni inobatga olib 2025-yillarda maktabga qo‘shimcha bino quriladi.

Mavzuga doir: Termizdagi “Alpomish” kurash majmuasining tomi qulab tushdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi