Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 20-avgust—Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Qayd etilishicha, tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomuradov mamlakatimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar va biznes muhitni yaratishga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlagan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi ham bir qator yo‘nalishlarda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda va bu jarayonda tadbirkorlarga har tomonlama qulaylik yaratish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, onlayn ekspertiza tizimi joriy etilgan, tadbirkorlarga atrof-muhitga ta’sirni baholash va ekologik ekspertiza jarayoni to‘liq raqamlashtirilib, xizmat ko‘rsatish to‘liq elektron formatga o‘tkazilgan, ariza berishdan boshlab, ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayon elektron shaklda amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlarini xisoblash bo‘yicha “Eko kalkulyator” xizmati joriy etilib, barcha hisobotlar elektron tartibda taqdim etilmoqda.

“Ekoruxsat” axborot tizimi joriy etilib, bugungi kunda sohadagi barcha 8 ta ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish to‘liq raqamlashtirilgan va kontaktsiz shaklda xizmat ko‘rsatishga o‘tilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar