Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlar orasida O‘zbekiston hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat deb topildi. Bu haqda Review xabar bermoqda.

Toshkentda kun botishi.

Toshkentda kun botishi.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Tadqiqotda turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlardan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr, Turkiya va O‘zbekistondan jami 7059 nafar ishtirokchidan to‘plangan ma’lumotlarga tayanilgan.

Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlar aholisining 85,9 foizi baxtli, 11,3 foizi unchalik baxtli emas, 2,8 foizi esa umuman baxtli emasligini bildirgan.

Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlar orasida ozarbayjonliklarning baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etilgan.

Bu mamlakatlar orasida hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat — O‘zbekiston.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oila va do‘stlarning hayotdagi muhimlik darajasi hayotdan qoniqishga ko‘proq ta’sir ko‘rsatsa, siyosat va dinning ta’siri pastroq. Ish va bo‘sh vaqtning muhimligi esa statistik jihatdan ahamiyatsiz.

 

Shuningdek, hayotdan qoniqish va moliyaviy holatdan mamnuniyat orasida ijobiy bog‘liqlik kuzatilib, moliyaviy holatdan mamnuniyatning bir punktga ortishi hayotdan qoniqishni o‘n punktga orttiradi.

Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlarda hayotdan qoniqish va milliy iftixor orasida kuchli bog‘liqlik kuzatilgan.

Milliy iftixorning yuqori darajasi – O‘zbekiston va Turkiyada, nisbatan past darajasi – Kipr va Qirg‘izistonda qayd etilgan.

Ayollar erkaklarga nisbatan, yoshlar yoshi kattalarga nisbatan, sog‘lom respondentlar sog‘liq holati yomon bo‘lganlarga nisbatan yuqoriroq hayotdan qoniqish darajasiga ega ekani qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi