• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Ro‘molimni yechganimni muhokama qilish bandasiga emas”. Farangiz Xoliqova Turkiyada modellikka o‘qiyotgani, aktrisalikdan boyib bo‘lmasligi hamda Dilso‘zdan xafa bo‘lgani haqida

    Keyingi paytlarda ro‘moli bilan bog‘liq vaziyat sabab ko‘plab tanqidlarga uchragan aktrisa Farangiz Xoliqova ayni damda Turkiyadagi “Fashion Academy”da tahsil olmoqda. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova marhum ijodkor Husniddin Xoliqovning qizi bilan bog‘lanib, onlayn intervyu tashkil qildi.

    Nega aynan Turkiya?

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Ayni paytda Istanbul shahridagi “Fashion Academy”da tahsil olyapman. Bu universitet emas, uch yil avvalgi orzularimni amalga oshirish uchun kurashyapman. Marjona opam aynan Turkiyada yashagani uchun uning nazoratida o‘qishimga ruxsat berishgan. Aslida uning qo‘liga ishonib topshirishgan, desam ham bo‘ladi.

    Bundan tashqari, bu yerda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanaman. Bu faoliyat bilan 19-20 yoshimdan buyon shug‘ullanaman. Bekorchilikni jinim suymaydi, hamisha band bo‘lishim kerak. Ortiqcha daromad hech kimga zarar qilmaydi, deb hisoblayman.

    “Dadam vafot etganida 8 yoshda edim”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    — Bolaligim kamalakdek rang-barang o‘tgan. Oilada kichik farzand bo‘lganim uchun juda erka bo‘lganman. Dadam rahmatli Pelikan, onamlar model qizim deb erkalashardi.Yosh bo‘lsam-da, ota-onalarga bir tavsiyam bor. Farzandlariga ko‘proq mehr berib, rag‘batlantirib katta qilishsin. Hayotimda ko‘p to‘siqlardan tik, mag‘rur o‘tishimga, o‘sha mehr va g‘urur dastak bo‘lgan.Dadam rahmatli nafaqat haqiqiy iste’dod egasi, balki eng yaxshi inson ham edi. Ulardan ayrilgan kunni hech qachon unutolmasam kerak. O‘shanda bor-yo‘g‘i 8 yoshda edim. Hayotda hali ko‘p narsalarni tushunmaydigan yoshda bo‘lsam ham eng mehribon insonimdan ayrilganimni anglaganman.

    “Tasodif sabab san’atga kirib kelganman”

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Onam aktrisa bo‘lishimga qarshi bo‘lmagan, aksincha bu borada ko‘p bor qo‘llab-quvvatlagan. Avvaliga o‘zim ikkilanganman. Rejissor Zebo Navro‘zova bilan bir mahallada turardik. Bir kuni ko‘rishib qolganimizda “Klipga suratga tushasanmi?” deb so‘ragan. U paytda 15 yoshli qiz edim. Tabiiyki, menda ham san’atga qiziqish bo‘lgan. Ertasi kuni aytilgan manzilga kelib, ilk rolimni Shohruhxonning “Chorla” klipida ijro etganman. Keyin boshqa kliplarga ham taklif etishgan.

    “Bir inson hayotiga zomin bo‘lishni istamadim”

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Maktabni tamomlash arafasida bolalar shifokori bo‘lishni istardim. U paytlarda akademik litseylar bo‘lardi. O‘qish jarayonida esa mendan shifokor chiqmasligini angladim. Chunki ko‘zim yetmagan kasbni egallab bir insonning hayotiga zomin bo‘lishni istamaganman. Shundan keyin menga Instagram orqali Durdona To‘laganova xabar yo‘llab, “Jurnalist” serialiga taklif etgan. Ijrom rejissorga ma’qul kelgan, ammo ilk rolim bo‘lgani uchun unda kamchiliklar borligidan ko‘z yummayman.

    “O‘zbekistonda aktyorlikdan boyiganlarni tanimayman”

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Aktrisalik men uchun hobbi. O‘zbekistonda yashayotganimda bir oyda 5-6 ta film va seriallardan takliflar tushardi. Ssenariylarni o‘qib, gonorariga qiziqardim. Ikkisi ham ketgan vaqtimga arzimasligini tushunib yetgach, rollarni rad etardim. Aktyorlarning gonorari juda kam. Ba’zida ketgan vaqtingizga ham arzimaydi. Shu boisdan ham O‘zbekistonda aynan aktrisalikning ortidan boyib ketganlarni tanimayman.

    “Jajji singlim hayotimizga nur olib kirdi”

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Ikki opam, ukam va singlim bor. Katta opam turmushga chiqqan, oilasi va farzandlari bilan band. Keyingisi o‘qish va ishi bilan mashg‘ul. Ukam esa doimgidek izlanishda. U dadamdek aqlli, kompyuter va til o‘rganishga qiziqadi. Singlim esa hali juda kichkina. U hayotimizga nur olib kirgan. Ko‘z tegmasin, oilamiz juda ahil. Chunki onam juda kichikligimizdan boshlab bir-birimizni himoya qilib yashashimiz kerakligini uqtirgan.

    “San’at menga kerakmi yoki yo‘q”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Bir yil avval Antalyada dam olayotganimda turk serialiga taklif qilishgan. Ammo taklifni rad etganman. Chunki o‘sha patda xayollarim juda chalkash edi. Hozir ham istasam, turk seriallarida suratga tushishim mumkin. Chunki insonda xohish bo‘lsa hamma narsa qo‘lidan keladi. Faqat haligacha bu menga kerakmi yoki yo‘qmi degan ikkilanish bor.

    “Ro‘molimni g‘iybat qilish bandasiga emas”

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Farangiz Xoliqovaning shaxsiy arxividan

    — Ro‘molim sabab turli gap so‘zlar ko‘paydi. Insonlar istagancha gapirishdi, ammo muhokama qilish bandasiga emas ekanini unutishdi. Har kim o‘z boshiga g‘amni sotib olar ekan. Ortimdan g‘iybat qilayotganlarni Alloh kechirsin deb duo qilaman. Ilgari odamlarning gap-so‘zlarini eshitib, ranjirdim. Hozir esa e’tibor ham bermayman. Onamning gapiga quloq solaman. Odamlarning gap so‘zidan ko‘ra, yaqin insoningizning fikri va qalbingizdagi xotirjamlik muhimroq ekanini allaqachon anglab yetganman. Agar unday insonlar mendek xotirjam va baxtli bo‘lganlarida g‘iybat qilib yurishmasdi. Menimcha, ulardan ranjish mantiqsizlik bo‘lsa kerak.

    Bundan tashqari, Farangiz Xoliqova nima uchun xonanda Dilso‘zga otasining “O‘zbekiston” qo‘shig‘ini ijro etishni taqiqlaganiga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

    — Ha rost, taqiqlaganmiz. Haqiqatan ham dadamning qo‘shiqlarini qizg‘onaman. Chunki yaratilgan qo‘shiqlarning ortida dadam bilan birga onamning ham mehnatlari bor. Qo‘shiqni ijro etganlari uchun taqiqlamaganman, faqatgina onamdan bir og‘iz so‘ramay, boshqa insonlarning roziligini olishgani va hech qayerda qo‘shiq dadamniki ekanini aytishmaganidan ranjigandim.

    Mavzuga doir:

    • “Bitta klipga 1500 dollar evaziga suratga tushaman”. Telegram nimaligini bilmagan Xoliqjon vaynes qanday qilib internet yulduziga aylangani haqida (video)
    • “Otasiz, uysiz yashash oson emas”. Millati tojik, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlik bloger Azoda bilan suhbat (foto)

    15.08.2022, 16:27   Izoh (0)   32582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bollivud aktrisasi Shilpa Shetti suratga tushish vaqtida jiddiy jarohat oldi

    15.08.2022, 14:33

    Otabek Mahkamov Gollivud aktyori Deniel Redkliff unga nima sababdan rahmat aytgani, lotin amerikalik rafiqasi hamda farzandlari haqida gapirdi (video)

    15.08.2022, 13:16

    Aktyorlarga olamshumul shuhrat keltirsa-da, oz miqdordagi gonorar evaziga suratga olingan mashhur film hamda seriallar (foto)

    15.08.2022, 11:35

    “O‘rgimchak odam” yulduzi Tom Holland ruhiy xotirjamlik uchun ijtimoiy tarmoqlarni tark etdi

    15.08.2022, 09:45

    Instagram: Uchinchi farzandi haqidagi savolga javob bergan Asal Shodiyeva, Muqaddas Sa’dullayevaning yangi uyidan reportaj, Feruza Normatovaga sevgi izhor qilishdi...

    14.08.2022, 22:39

    Foto: Oliy ma’lumotga ega bo‘lmay ham ulkan muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar

    14.08.2022, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.