Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketini, xususan, Shengen vizalarini berishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebestreyt Berlindagi brifingda aytib o‘tdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yig‘ilishda Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqidagi ayrim davlatlarning ruslarga Shengen vizalarini berishni to‘xtatish taklifiga qanday munosabatda ekani yuzasidan savol yo‘llangan.

“Sanksiyalarning yettinchi paketi qanday bo‘lishi kerakligi va tarkibiy qismlari muhokama qilinmoqda. Bunda siz ko‘targan savollar muhim rol o‘ynaydi. Bu masala bo‘yicha federal hukumat tomonidan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida hoziricha yagona pozitsiya yo‘q”, — deb javob qaytargan matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar darvozasi “kaliti” sanalgan Shengen vizasi 90 kungacha 26 mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish huquqini beradi.

Avstriya, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya va Estoniya davlatlari Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi