Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Ushbu nomzodlar:

  • Balkibayeva Janagul Ismaylovna;
  • Gafurov Askarjon Boyisovich;
  • Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;
  • Ismaylov Raxat Aminbayevich;
  • Rahimov Abdumannob Kuziyevich;
  • Rahmanov Akmal Ergashevich.
Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadi.

Bundan tashqari, Prezident o‘z taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Oliy sud raisi lavozimini egallab kelgan Komilov Kozim Fozilovich nomzodini taklif etdi.

Shuningdek, davlat rahbari o‘z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islomov Baxtiyor Jahongirovich nomzodini Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi