Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada yo‘lovchi ayol harakatlanayotgan avtomashina salonidan tanasining bir qismini chiqarib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu avtomashina haydovchisi va yo‘lovchi ayol javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ushbu transport vositasi aniqlanib, haydovchi M.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Farg’ona viloyat IIB

Foto: Farg’ona viloyat IIB

Shuningdek, ushbu avtomobilda yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan yo‘lovchi ayol O.K. ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismiga (Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) asosan javobgarlikka tortilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi