Saudiya Arabistoni sentabr oyida AQSH va Osiyo xaridorlari uchun eksport qilinadigan neft narxini oshiradi. Bu haqda Saudi Aramco press-reliziga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy Arab Light neft navining narxi bir barrel uchun 0,5 dollarga oshadi. Natijada uning narxi bir barrel Ummon va Dubay neftidan 9,8 dollarga qimmatroq bo‘ladi. Arab Extra Light narxi esa 30 sentga oshiriladi.
Narxlarning oshishi tahlilchilar kutganidan zaifroq bo‘ldi, — deb yozadi Bloomberg.
AQSHga eksport qilinadigan Arab Light narxi sentabr oyida ham 50 sentga oshadi va Argus Sour Crude Index benchmark kotirovkalaridan bir barrel uchun 6,15 dollarga yuqori bo‘ladi.
Shu bilan birga, shimoli-g‘arbiy Yevropa va O‘rta Yer dengizi xaridorlari uchun narxlar mos ravishda 60 va 40 sentga pasayadi, bir barrel Brent nefti esa 4,7 dollarga tushadi.