Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavakkalchilikka asoslangan pul yutuq o‘yinlarini tashkil etgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limiga qarashli Vohid Omonnur Invest unitar korxonasi ish boshqaruvchisi Guliston shahrining “Taraqqiyot” mahallasida joylashgan sobiq dehqon bozoridagi savdo do‘konlaridan biri dam olish va ko‘ngil ochish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan. Biroq u amaldagi faoliyat turiga amal qilmasdan, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini ochgan.

O‘yin shartiga asosan kun davomida har bir o‘yin chiptasi 2 ming so‘mdan hisoblab sotish orqali 1 dan 90 gacha raqamlar qayd etilgan toshlarni tasodifiy ketma-ketlikda e’lon qilish orqali o‘yin chiptalaridagi uchta qatordan 9 tadan kataklardagi dastlabki 6 raqam bilan mos kelgan o‘yin ishtirokchilariga 30 ming so‘mdan, uchta qatordagi barcha 18 ta raqam bilan mos kelgan taqdirda 250 ming so‘mdan iborat pul yutuqlari o‘yinga qo‘yib borilgan.

Sirdaryo viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda 52 ta o‘yin chiptalari, taxminan 3 kg qora rangli tugmalar, 1 dona qop va undagi 90 dona o‘yin toshlari, 36 dona tugma solingan idish, 1 dona jadval, 1 million 793 ming so‘m pul va boshqa daliliy ashyolar olingan.

Holat yuzasidan o‘yin tashkilotchisi, boshqa ishchi xodimlar va 50 nafar o‘yin ishtirokchilariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...