Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida qimor o‘ynayotgan shaxslar qo‘lga tushdi.

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati

Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri davomida bir guruh qimorbozlar va ularga sharoit yaratib bergan shaxsning kirdikorlari fosh etildi.

Xususan, 10-iyul kuni tumanning “Xoniyon” MFYda yashovchi fuqaro J.U. o‘z uyida fuqarolar I.X., O.S., B.N., B.U., M.T., Y.A., D.S., D.O. va A.M.ning tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Voqea joyidan 1 million 250 ming so‘m miqdorda pul va 4 quti o‘yin kartasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Hozirgi kunda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi