Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida uy ichidagi sandiqdan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xabariga ko‘ra, 24-iyul kuni Boysun tumanining “Bibishirin” mahallasida yashovchi, D.D. 102 ga qilgan murojaatida 13-iyul kuni noma’lum shaxs yashash uyi eshigi ochiqligidan foydalanib, uy ichidagi sandig‘idan 10 million so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni shu tumanda yashovchi E.A. sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 24-iyul kuni E.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi